“Qizilqum”  oliy ligada 500-uchrashuvini o‘tkazadi

  • 14.04.2017 14:57
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Oliy liganing 6-turidan o‘rin olgan “Qizilqum”- “So‘g‘diyona” uchrashuvi Navoiy viloyati jamoasining oliy ligadiga 500-uchrashuvi sifatida qayd etiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Oltin izlovchilar” oliy ligada ilk uchrashuvni 2000 yil 18 mart kuni “Do‘stlik” (Toshkent viloyati)ga qarshi o‘tkazishgan. O‘tkazilgan 499 ta uchrashuvning 188 tasida “Qizilqum” g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 214 ta bahsda mag‘lub bo‘lgan. 97 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

Quyida navoiyliklarning oliy ligadiga yubiley uchrashuvlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-o‘yin.   18.03.2000.   “Do‘stlik” – “Qizilqum” 2:0

100-o‘yin.   17.11.2002.   “Qizilqum” – “Do‘stlik” 1:0

200-o‘yin.   28.06.2006.   “Qizilqum” – “Buxoro” 1:0

300-o‘yin.  17.10.2009.   “Olmaliq”  - “Qizilqum” 2:0

400-o‘yin.   14.09.2013.  “Paxtakor” – “Qizilqum” 1:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!